slidebg1

CONGRESSES OF CENTRAL ASIA

Congresses of Central Asia – O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda xalqaro ko‘rgazma va anjuman tadbirlarini tashkilotchisi. O‘zining tadbirlaridan tashqari CCA kompaniyasi davlat tuzilmalari va korporatsiyalari, uyushmalar, xususiy kompaniyalar va korxonalar buyurtmasi bo‘yicha ko‘rgazmalar, konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, madaniy va jamoatchilik tadbirlarini tashkil etadi.

CCA istalgan ko‘rinishdagi va murakkablik darajasidagi tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar majmuasini ko‘rsatadi, hamda tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishning alohida bo‘limlari bo‘yicha ishlarni bajaradi.

Malakali xodimlarning faoliyati o‘tkazilinayotgan tadbirlar, hamda mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini kafolatlaydi.


Bizning vakolatlar

Ishbilarmonlik tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

  • Amaliy kun tartibini shakllantirish va spiker hamda moderatorlarni taklif etish;
  • Jamoatchilik tashkilotlari va davlat hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • Mavzuli tadbirlarni tashkil etish;
  • Tadbirlarni o‘ziga xos uslubi va dizayn-konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • Tadbir auditoriyasini shakllantirish va ishtirokchilar bilan ishlash;
  • Tadbirlarni reklama kampaniyasini o‘tkazish;
  • Maydonchalarni tayyorlash va boshqarish, stendlarni joylashtirish, qatnashchilarni joy-joyiga o‘tqazish va o‘tish ko‘rsatkichlarini tashkil etish;
  • Ishtirokchilar uchun servisni tashkil etish;
  • Vaqtinchalik xodimlar ishini tashkil etish.

OAV bilan ishlash

  • Loyihani mahalliy va xorijiy OAVlarda axborot kampaniyasini tayyorlash va o‘tkazish;
  • Davlat hokimiyat organlari va hamkorlarning matbuot xizmatlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish;
  • Matbuot anjumanlari, brifinglar, shartnomalarni imzolash marosimlari, matbuot nonushtalari va intervьyularni tashkil etish va o‘tkazish;
  • Jurnalistlar uchun axborot materiallarini tayyorlash va tarqatish: anonslar, matbuot xabarnomalari, tadbirdan keyingi xabarnomalar, foto- va videomateriallar;
  • Matbuot markazini tashkil etish ;
  • Loyihalar jarayonida foto- va videosuratga olish;
  • Tadbirlar saytlari, mobil ilovalarini yaratish va ishlatib borish;
  • Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tadbirlar akkauntlarini yaratish va ishlatib borish;
  • Taqdimotlar videoroliklarini yaratish.

Tadbirlar uchun maydon

  • Maydonni tanlash ;
  • Rejalarni tayyorlash ;
  • Mebellarni tanlash ;
  • Joyda boshqarish.

Tadbirlar bezagi

  • Tadbirlarning bezak dizayni;
  • Brend va logotipni ishlab chiqish;
  • Nashriyot xizmatlari;
  • Maydonni shakllantirish: ko‘rsatkichlar, peshtahtalar va shakllantirishning boshqa unsurlarini o‘rnatish.