JURNALISTLARNING AKREDITTASIYASI
CCA (Congresses of Central Asia) xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tashkilotchisi bo‘lgan ko‘rgazmalar va konferensiyalarda ishtirok etish uchun akkreditatsiyani olish uchun CCA kompaniyasining PR-menejeriga +(998 71) 237 15 54 telefon raqami orqali yoki info@cca.uz elektron manziliga yuborish lozim bo‘ladi
Qayd etilishi lozim bo‘lgan ma’lumot:
- Akkreditatsiyadan o‘tish lozim bo‘lgan Ko‘rgazma / konferensiyaning nomi
- OAV nomi
- Matbuot xodimining ism-sharifi
- Lavozim
- Telefon
- Faks
- Е-mail
- Website (mavjud bo‘lsa)
Diqqat!
Akkreditatsiya, sizning nashringiz va saytlaringizda ko‘rgazma haqida maqola yoki eshittirish, TVda syujet berilishi SHART bo‘lgan, ko‘rgazma nomlanishi va tashkilotchisi bo‘lgan CCA kompaniyasi nomi ALBATTA tilga olingan holdagina taqdim etiladi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar CCA kompaniyasiga ko‘rgazma/konferensiya haqidagi materiallar/syujetlar nusxasini taqdim etishlari yoki maqola nashrdan chiqish va material efirga uzatilishi kunini ma’lum qilishlari lozim bo‘ladi.
Akkreditatsiya olganu, lekin ko‘rgazma/konferensiyani yoritmagan OAV vakillariga kelgusida akkreditatsiyadan o‘tish rad etilishi mumkin.
Reklama agentlari va marketing bo‘limlari xodimlariga akkreditatsiya taqdim etilmaydi.
Xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tishi uchun O‘zbekiston Respublikasi TIVning akkreditatsiyadan o‘tganlik haqidagi guvohnomasini taqdim etishlari lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi TIVning akkreditatsiyasi bo‘lmagan jurnalistlar ko‘rgazmalar va konferensiyalar ishida MATBUOT sifatida qatnasha olmaydilar.
Akkreditatsiyadan o‘tmagan jurnalistlar ko‘rgazmaning uchinchi ish kunida, umumiy tartibda “TASHRIF BUYURUVCHI” beydji bilan kirishlari mumkin bo‘ladi.