GETCA 2019 ORQALI TABIATGA G‘AMHO‘RLIK!
«YAshil texnologiyalar, atrof-muhit muhofazasi va utillashtirish – GET Central Asia 2019» 2- Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi va biznes-forumi 2019 yilning 9-10 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi poytati Toshkent shahridagi "International Hotel-Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Kongress Servis kompaniyasi uning tashkilotchisi hisoblanadi.
Zamonaviy texnogen tamaddun olamda ekologik vaziyatni keskin yomonlashuviga olib kelmoqda. Ekologiyani ifloslanishi halokatli oqibatlarga olib keladi. Global muammolarni hal etish xalqaro e’tiborni va aralashuvini talab qiladi.
GETCA 2019 ko‘rgazmasi chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash uchun ishlab chiqaruvchilar va yaratuvchilarini, hamda ekologiya va resurslarni tejash yo‘nalishidagi xizmatlar va mahsulotlarining to‘liq majmuasini taqdim etuvchi kompaniyalarni bir joyga to‘playdi.
Joriy yilda ko‘rgazmada Avstriya, Bolgariya, Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya va O‘zbekiston kabi jahonning 8 mamlakatining 50dan ortiq kompaniyasi taqdim etiladi.
Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini yig‘ish, saralash, qayta ishlash va utillashtirish uchun uskunalar, ilg‘or va samarali texnologiyalar ishlab chiqaruvchilari va yaratuvchilari ko‘rgazmada ishtirok etadi. Bular bozordagi yirik kompaniyalar: PALFINGER (Avstriya), UzXCMG (O‘zbekiston/Xitoy), UK Heavy Machinery / “BOMAG” (Germaniya), MAN Auto (O‘zbekiston/Germaniya), STAHLBAU (Qozog‘iston), GDM ECO (Koreya Respublikasi), Eko-Spektrum (Rossiya), Uz-Prista Recycling (O‘zbekiston/Bolgariya), Krantas (O‘zbekiston), Kaimei (Xitoy), HaiQi (Xitoy), XDR Special Trucks (Xitoy), Sanfa Engineering (O‘zbekiston) va boshqalar.
Eksponentlar o‘z mahsulotlarini taqdim etadi, ya’ni: yirik hajmli chiqindilarni yig‘ish konteynerlari, maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish baklari, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va saralash uchun maxsus texnika, rezina, polimer va plastmassa, qog‘oz va karton, shisha, metall mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlash uchun uskunalar; biologik chiqindilarni qayta ishlash va utillashtirish uchun uskunalar va ko‘plab boshqalar.
GETCA 2019 ko‘rgazmasi doirasida mazmunga boy amaliy dastur ham rejalashtirilgan -
“Markaziy Osiyoda “Aqqli shahar” texnologiyalarini amalda qo‘llash, joriy qilish va konsepsiyasi” mavzusidagi 2- Markaziy Osiyo Xalqaro biznes-forumi.
Biznes-forum "International Hotel-Tashkent" mehmonxonasining «Amir Temur» zalida o‘tkaziladi va 9-10 oktabr kunlari davom etadi. Tadbirda ko‘rib chiqiladigan asosiy mavzular: Aqlli transport: qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va tashish uchun maxsus texnika; Barqaror turar-joy kommunal xo‘jaligi: chiqindilarni saralash, utillashtirish va qayta ishlash texnologiyalari, ekologik va sanoat xavfsizligi; suv ta’minoti va kanalizatsiyaning aqlli tizimlari: suvni tejash, sanoat va maishiy resurslarni qo‘riqlash, oqava suvlarni tozalash va havoni tozalash tizimlari va uskunalari; Barqaror energetika tizimi: energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, ishlab chiqarish va iste’molning toza texnologiyalari.
Biznes-forum EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga yo‘naltirilgan «Hashar week» aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad- aholi, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va biznes bilan samarali hamkorlik orqali chiqindilarni boshqarish sohasida tizimni yaratish hisoblanadi.
Ko‘rgazmaga rasmiy ko‘mak ko‘rsatganlar:
• O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi
• O‘zbekiston Respublikasi Turar-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
• O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
8 oktabr 2019